BODOM PO‘CHOG‘IDAN OLINGAN KO‘MIRNING SORBSION VA TEKSTUR XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Bodom po‘chog’idan 800 °C haroratda piroliz yo‘li bilan karbonizatsiyalangan ko‘mir olindi. So’ngra 500 °C haroratda vakuumli reaktorda suv bug’lari yordamida namunalar faollantirildi. Olingan ko‘mir namunasining tekstur xususiyatlari Mak-Ben-Bakraning sezgir kvars spiralli qurulmasidan foydalanib, benzol bug‘i adsorbsiyasi orqali o‘rganildi. Unga ko‘ra faollangan ko‘mirning solishtirma sirt yuzasining o‘lchamlari (SBET) 37030 m2/g, g‘ovaklarning o‘rtacha diametri (D) 1,20,8 nm, to‘yinish adsorbsiyasi (as) esa 3,50,5 mol/kg ekanligi aniqlandi. Ko‘mir namunalarining sirt morfologiyasi skanerlovchi elektron mikraskopiya usulida, element tarkibi rentgen mikrotahlili usullari yordamida o‘rganildi. Shuningdek ularning fazaviy tarkibi rentgen difraktometriya usuli yordamida tahlil qilindi.