Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Sun’iy intellekt javobgarligining axloqiy va huquqiy taomillari

Sardor BozarovTashkent state law university
ABI

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada muallif sun’iy intellektni anglashning dolzarb ilmiy-nazariy yondashuvlarini, shu jumladan, uning mas’uliyatini aniqlash nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqadi. Muallif ta’kidlaganidek, ilmiy-fantastik adabiyotlarda sun’iy intellekt yaratish va uning mohiyatini, robotlar faoliyatidagi axloqiy va huquqiy tamoyillarini aniqlash masalasi doimo ko‘tarilib kelingan. Maqolada muallif sun`iy intellekt obyektlarining huquqiy javobgarligi paydo bo‘lishining huquqiy shartlarini har tomonlama tahlil qiladi, ma’lum bir vaziyatni odamlar uchun xavfli deb tan olish, robotlar uchun inson hayotining ustuvorligi bilan bog‘liq qiymat munosabatlariga misollar keltiradi. Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solishning asosiy muammolari sifatida muallif ularning avtonom va robotlarni yaratuvchilar yoki operatorlardan mustaqilligini ko‘rsatadi, bu esa huquqiy javobgarlik choralari va predmetini aniqlashni juda qiyinlashtiradi. Sun’iy intellektga nisbatan yuridik javobgarlikni belgilashning turli yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Shunday qilib, sun’iy intellekt obyektlarini yuridik shaxslarga, shuningdek, ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarga tenglashtirish pozitsiyalari o‘rganilib, ularning ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rsatiladi hamda ba’zi milliy va xalqaro tajribalar imkoniyatining huquqiy va ijtimoiy omillari ko‘rsatiladi, xalqaro robotlashtirish qoidalari (Fransiya, Yevropa Ittifoqi) baholanadi.Xulosa o‘rnida ta’kidlanganidek, sun’iy intellektni yaratish bilan bog‘liq ulkan imkoniyatlar bilan bir qatorda yaqin kelajakda uni joriy qilish bilan bog‘liqlikda hal etilishi lozim bo‘lgan qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, texnologik, huquqiy, axloqiy va falsafiy muammolar ham mavjud.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar