Qurilish chizmachiligi fanini o‘qitishda talabalar fazoviy tasavvurini grafik dasturlar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish
Annotatsiya
Oliy ta’lim maskanidagi qurilish chizmachilik kursi talabalarning grafik madaniyatini, shuningdek, shaxsning ijodiy salohiyatini shakllantirishga qaratilgan. Bu jabhada ko‘plab samarali ishlar, xususan, qurilish chizmachiligi fanini o‘qitishda ham zamonaviy grafik dasturladan foydalanib ta’lim samaradorligiga erishilmoqda. Qurilish chizmachiligi fanining mavzularini yoritishda arxitektura sohasiga mo‘ljallangan grafik dasturlar orasidan ArchiCAD dasturi , ayniqsa, ancha mukammal bo‘lib, mavzu mohiyatini yoritishda talabalarning ko‘z o‘ngida chizmalarning uch o‘lchamli holatiga o‘tishi samarali usul hisoblanadi. Shu sababli ushbu fanning to‘la mohiyatini yoritishda grafik dasturlarning amali ahamiyativa ularning tavsiflari alohida o‘rin oladi.