Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

HOZIRGI XITOY TILIDA QIYOSLASH MUNOSABATINI IFODALOVCHI KONSTRUKSIYALARNI QO‘LLASHDAGI MUAMMOLAR TAHLILI

Adiba MAXAMADTOIROVATashkent State University of Oriental Studies
ABI

Annotatsiya

Zamonaviy xitoy tilida narsa va hodisalar, holat va sifatlar hamda darajalardagi o‘zaro farqlarini yoki bir xillikni ifodalashning ko‘p usullari mavjud bo‘lib, ular asosan holat yoki xususiyatdagi farqlarning qay darajada yuqori yoki pastligini taqqoslashda qo‘llaniladi. Shu bilan birga gapning stilistik jihatdan lo‘nda va ravon bo‘lishiga yordam beradi. Qiyoslash mazmunidagi gaplar xitoy tilida 比较句bǐjiào jù atamasi orqali ifodalanadi. Bu so‘zning tahliliga nazar tashlaydigan bo‘lsak 比较 bǐjiào qiyos bǐjiào句jù gap ma’nosini ifodalaydi. O‘zbek tilidagi qiyos, o‘xshatish va taqqos so‘zlarining xitoy tilida aynan ekvivalenti yo‘q bo‘lib, bularning barchasi 比较句 bǐjiào jù qiyoslash mazmunidagi gaplar deb yuritiladi. Xitoy tilida bunday gaplar sifat va darajalarning o‘zaro farqini, baland yoki pastligini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Asosan ikki kishi, ikki predmet yoki ikki holat darajalaridagi farqlani o‘zaro taqqoslaslashda qo‘llaniladi. Ushbu maqola qiyoslash mazmunidagi gaplardagi xato va kamchiliklarning tahlili hamda ularni oldini olishga qaratilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba