Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

THEOLINGUISTICS AS A NEW SCIENTIFIC DISCIPLINE

Mukhayyo R. FayzullaevaUzbekistan State World Languages University
ABI

Annotatsiya

Maqolada til va din o‘rtasidagi bog‘liqliklar, diniy omillarning tilda aks etishi hamda diniy til muammolarini o’rganuvchi tilshunoslikning yangi yo‘nalishi teolingvistika fanining nazariy asoslari, tadqiqot obyekti, maqsad va vazifalari o‘rganib chiqilgan. Xususan, muallif fan rivojiga katta hissa qo‘shgan mashhur olimlarning mazkur fan yuzasidan olib borgan tadqiqotlari natijalarini keltirish orqali fanning paydo bo‘lishi bosqichlarini xronologik ketma-ketlikda namoyon etadi. Tadqiqotning dolzarbligi va yangiligi shundan iboratki, muallif masalani atroflicha o‘rgangach, soha yuzasidan oldinda tadqiq etilishi lozim bo‘lgan ba’zi muammolarni keltirib o‘tadi: 1) hozirgi kunga qadar diniy tildan faqat diniy muassasalardagina foydalanilishi o‘rganilgan bo‘lib, uning diniy bo‘lmagan vaziyatlarda ham ishlatilishi holatlari e’tibordan chetda qoldirilgan. Shuning uchun ham muallif diniy sayqallangan til birliklarining diniy bo‘lmagan kommunikativ vaziyatlarda qo‘llanilishini o‘rganishni taklif qiladi; 2) inson ongida diniy dunyoqarashning shakllanishi va uning diniy til orqali tasvirlanishini ham yoritishni taklif qiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar