HUDUDNING IJTIMOIY- IQTISODIY RIVOJLANISHINI KOMPLEKS BAHOLASHDA MOLIYAVIY RESURSLARNING TAQSIMLANISH STRATEGIYASI
Annotatsiya
<strong>Anotatsiya: </strong>Ushbu maqolada Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kompleks baholashda moliyaviy resurslarning taqsimlanish strategiyasi to‘g‘risida hamda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to'g'risida qonunlari haqida ma‘lumotlar berilgan. Mamlakatda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish, aholi bilan muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish, aholi turmush darajasi va bandligini oshirish, hududlarni jadal va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlashda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi holatini chuqur tahlil qilishda istiqbolga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish uchun uni kompleks baholashning hamda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda ularga tezkorlik bilan va lozim darajada javob qaytarishning yagona muvofiqlashtirilgan mexanizmi yo‘qligi to‘sqinlik qilmoqda.Hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun ularning kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, tabiiy xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini, shuningdek, hududlarning boshqa qiyosiy ustunliklarini baholashning yagona tizimini joriy etish maqsadida: Statistik ko‘rsatkichlar va so‘rovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash tizimi (bundan buyon matnda — reyting baholash) joriy etilsin va bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin: barqaror va mutanosib iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar samaradorligi; yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat bozori samaradorligini ta’minlash; ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va aholi turmush sifatini yaxshilash; aholi va biznes uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish infratuzilmasining barqarorligi hamda ishonchliligini ta’minlash; hududlarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, ularning iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish; ishbilarmonlik muhiti sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni doimiy qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish; hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erishish hamda bank-moliya sohasini rivojlantirish; mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va ma’lumotlarning ochiqligini oshirish. Reyting ko‘rsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki: reyting baholash ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan axborot tizimi ishlab chiqilgandan so‘ng 2019-yil uchun sinov rejimida amalga oshiriladi; reyting baholash natijalari asosida reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida amalga oshiriladi; o‘tgan yil uchun reyting baholash natijalari har yili 1-fevral (tezkor baholash) va 15-iyunga (yakuniy natijalar) qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritiladi; reyting baholash natijalari har yili Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlari yig‘ilishlarida tanqidiy muhokamaga qilinishi shart.