Lingvistik ekspertizada yozma nutq muallifini aniqlashning grammatik xususiyatlari
Annotatsiya
Ushbu maqolada lingvistik ekspertizada muallif shaxsini aniqlash yo’llari, mavzuning o’rganilganlik darajasi, yozma matnning grammatik xususiyatlariga asoslangan holda matn muallifi va ijrochisini aniqlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, yozma matnda uchraydigan grammatik farqlanishlar, mantnda uchraydigan xatolar va ularning lingvistik ekspertizada muallif shaxsiyatini aniqlashdagi ahamiyati, harf shakllari o’zgarishlarining matn muallifini aniqlashdagi o’rni, qiz bola yozma nutqidagi grammatik farqlanishlar va ularning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun olib borilgan tadqiqot natijalari va yozma nutqning tabiiy va o’zgartirilgan (spontan) nutq o’rtasidagi tafovutlari yoritilgan. Yozma nutqni tadqiq etishda nutqqa xos bir qator lingvistik xatoliklar, jumladan, orfografik, punktuatsion, uslubiy xatolarni aniqlash orqali shaxsga xos individuallikka asosiy e’tibor qaratilgan. Qiz bola yozma nutqida ko’p uchraydigan ayrim orfografik, stilistik va punktuatsion xatolar va o’zgarishlar orqali muallifning psixologik, individual xususiyatlarini aniqlash yo’llari va usullari bayon etilgan.