SHE’RIYATDA POETIK OBRAZNING BADIIY-ESTETIK VAZIFASI
Annotatsiya
Maqolada Zebo Mirzo she'riyati, mustaqillik davridagi o'zbek she'riyatining yangilangan obrazli tabiati, ifoda shakli, lirik qahramonning kongil kechinmalari, ruhiyati she'rda aks ettirilgan ehtiyojlari haqida so'z boradi. Shoira Z .Mirzo she'riyatining asosiy ramzlari — sevgi, yomg'ir, nur, lahza, yurak, orzu, baxt, tun, xazon tasvirlarining yangicha ifodasi badiiy talqin qilingan. Obrazning ta’sirchanligi muhim sanalib, nazmiy va nasriy asarda chuqur ma’no ifodalashi kerak. His-tuyg‘u, kechinma, ruhiy holat bilan poetik fikr mutanosibligi badiiy adabiyotda obraz yaratishning asosiy shaklidir. Obrazlilik — so‘z orqali tasvir yaratish san’ati. Obrazli ifoda qahramonlar, voqealarni o‘quvchi ko‘z oldida gavdalantirib, ularning ruhiy kechinmalarini o‘z boshidan kechirgandek taassurot uyg‘otadi.