Audiovizual tarjimani o‘qitishning metodik-integrativ modeli (Ingliz tili misolida)
Annotatsiya
Ushbu maqolamizda audiovizual tarjimaning kichik turi sifatida talabalarni o‘quv videomateriallarini tarjima qilishga o‘rgatish muammosi hamda tibbiy OTM talabalarining ingliz tilida muloqotga kirishishi, yangi zamonaviy texnologiyalar asosida ma’lumotlarni tez va samarali usullar orqali tarjima qilish, sifatli o‘zlashtirish ko‘nikmalari metodlarining ma’lum usullarini ko‘rib chiqamiz. O‘quv videomateriallari matn – tasvirni va boshqa usullarini uyg‘unlashtirish orqali mavzu tushunchalarini o‘zlashtirish va mustahkamlashni osonlashtirishga qaratilgan yaxlit audiovizual tarjimalarni o‘rganish, audiovizual formatdagi eng ommabop o‘quv materiallar: turli xil mashg‘ulotlar, imtihonlarga tayyorgarlik, o‘z-o‘zini o‘qitish, integrativ modellarni tahlil qilamiz.