O‘simlik dunyosiga oid qonunchilik tahlili: O‘zbekiston va Germaniya tajribasi misolida
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘simlik dunyosiga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, konsepsiyalar asosida shakllangan huquqiy tizim, erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar to‘g‘risida fikrlar bayon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasining o‘simlik dunyosi ob'ektlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning qiyosiy-huquqiy tahlili amalga oshirildi. Bunda har ikkala davlat qonunchiligining muhim jihatlari, tadbiq qilish mumkin bo‘lgan yutuqlari to‘g‘risida mulohaza yuritildi. Xalqaro tajriba va uning milliy qonunchilikka ta'siri sanab o‘tildi. O‘simlik dunyosi ob'ektlariga zarar yetkazganlik uchun yuzaga keladigan javobgarlik masalalari bo‘yicha nazariy fikrlar, turli ilmiy qarashlar o‘rganildi. Maqola natijasi sifatida mavjud huquqiy mexaniz-mlarni takomillashtirish, zamonaviy tendensiyalar asosida yo‘nalishlarni belgilash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.