FILOLOGIK YO‘NALISHLARDA INGLIZ TILINI ANʼANAVIY (OFFLAYN) TARZDA SAMARALI O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari filologik yo’nalish talabalariga ingliz tilini an’anaviy (offlayn) tarzda samarali o‘qitish texnologiyalari haqida so‘z boradi. Ma’lumki, xorijiy tilni o‘rganishda mashq va topshiriqlarning o‘rni juda muhim va biror bir chet tilini mashq bajarmasdan o‘rganib bo‘lmaydi. Samarali o‘qitish texnologiyasi haqida so‘z yuritganda, albatta, bu jihatni inobatga olib, ingliz tilini o‘qitishda mashqlar tizimi ilmiy isloh qilindi. Mazkur tadqiqot ishida chet tilini o’qitishda mashqlar motivatsion, sinov va tanqidiy fikrlash kabi guruhlarga bo’lingan holda foydalanilishi maqsadga muvofiq degan g’oya ilgari surildi. Sinov mashqlarida bo’lajak ingliz tili o’qituvchilarining til bilish malakasi va baholash ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida tengdoshlarning bir-birini baholashi, fidbek berishlari uchun maxsus bo‘limni o‘z ichiga olgan rubrikadan foydalanish taklif qilindi. Shuningdek, ingliz tilini samarali o‘qitish texnologiyalari talabalarga nafaqat til ko‘nikmalarini egallashni, balki hozirgi zamon talabi hisoblangan mustaqil qaror qabul qilish, tanqidiy fikrlash hamda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi sifatida kasb mahoratini oshirishga xizmat qilishi lozimligi inobatga olinib, darslikdagi mashqlarni moslashtirish texnologiyasi ishlab chiqildi.