С1 DARAJA TALABALARINI BADIIY TARJIMAGA O‘RGATISH LINGVISTIK VA METODOLOGIK MASALA SIFATIDA
Annotatsiya
Maqolada badiiy tarjima sohasida kadrlar tayyorlashning hozirgi tendensiyalari va muammolari o‘ganilgan. Bugungi kunda badiiy tarjimani mukammal darajada bajara oladigan, C1 darajadagi talabalarni, yetuk mutaxassis-tarjimonlarni tarbiyalash hamda badiiy tarjimani o‘qitish metodologiyasi, madaniy va lingvistik ahamiyat kasb etgan tarjima jarayonida sodir bo‘ladigan bir qator to‘siqlar va muammolarni bartaraf etishda tarjima konsepsiyasini yaratish muammosi ushbu maqolada ko’rib chiqilgan. Tilshunos-tarjimonlarni tayyorlashda sotsiolingvistik jihat bilan bir qatorda tarjima modellariga e'tibor qaratish ham lingvistik kompetensiyani, ham ijtimoiy-madaniy kompetensiyaning individual komponentlarini shakllantirishni samarali amalga oshirishga imkon berishini hisobga olib, maqolada tarjimaning lingvistik modellari ko’rsatilgan. Badiiy tarjima jarayonida ajralib turadigan semantik, kommunikativ, konseptual, transformatsion va situativ (holat, vaziyat) modellari tadqiq etilgan va ushbu jarayonda tillararo nutq faoliyatining lingvistik jihatlarini o‘rganish muhim omil sifatida ta’kidlangan. Metodologik nuqtai nazardan badiiy tarjimaga o’rgatishda autentik matnlarni to’g’ri tanlash, ularning pragmatik ahamiyati yoritilgan. Qolaversa, tarjimani o‘rgatish uchun matnlarni tanlash masalasi bo‘yicha nazariy manbalarni tahlil qilish, tanlovning asosiy tamoyillarini tahlil qilish bo‘lajak tarjimonlarda strategik kompetensiyani shakllantirish uchun nimalar zarurligi ko’rsatilgan va tavsiyalar berilgan. O‘ylaymizki, C1 daraja talabalarini badiiy tarjimaga o'rgatish lingvistik va metodologik masalalari yechimiga qaratilgan ushbu maqola tarjima nazariyasini o‘rganish muammolari bilan shug‘ullanuvchi keng jamoatchilik, shuningdek, tarjimon-talabalar, sohaga qiziqqan tajribasiz tarjimonlar, qolaversa, professional tarjimonlar va fan o'qituvchilari uchun samarali bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Hali tarjima qilinmagan