Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

NAFTEN KISLOTALARINI SOVUNLANMAYDIGAN KOMPONENTLARDAN VA FENOLLARDAN TOZALASH

ABI

Annotatsiya

Maqolada naften kislotalarni sovunlanmaydigan komponentlardan va fenollardan tozalashni yangi usullari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, naften kislotalarning tozalangan tuzlari 25% li xlorid kislota eritmasi bilan reaksiyaga kirishib, naften kislotalar va suvli qatlam neft efiri bilan chiqariladi, ekstrakt to'yingan natriy xlorid eritmasi va distillangan suv bilan neytral bo'lgunga qadar yuviladi. Kislotalarni suvsiz natriy sulfat bilan quritgandan so'ng, neft efiri distillanadi, avval uning katta qismi atmosfera bosimidagi suv hammomida, keyin qolgan qismi vakuumda 2,66 kPa da xaydaladi. Kislotalar 0,27-0,53 kPa da fraksiyalarga ajratiladi. Shu bilan birga, ular smolalarning aralashmalaridan tozalanadi va 1% dan ko'p bo'lmagan sovunlanmaydigan moddalarni o'z ichiga olgan och sariq rangli shaffof yog'lar shaklida olinadi. Tozalangan fraksiyalarning unumi 94-97% ga etishi tajribalar asosida aniqlandi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

1 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba