Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BOSHLANG`ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANIDAN MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARINING TA'LIM SAMARADORLIGIDAGI O`RNI

ABI

Annotatsiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang`ich sinf matematika darslarida mustaqil ish topshiriqlarini bajarish asosida o`quvchilarda faollikni oshirish imkoniyatlari va ulardan amalga oshirish namunalari keltirilgan. O`quvchilarda o`quv-biluv ko`nikma va malakalarini shakllantirishda matematika fanidan amaliy faoliyatga yo`llovchi mustaqil ishlar katta rol o`ynaydi.
O`quvchilarning mustaqil ishlari – bu o`qituvchining bevosita ishtirokisiz,
lekin belgilangan vaqtda uning topshirig`i asosida bajariladigan ishlardir.
mustaqil ishlash metodlari o`qitishning ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va
rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi. Ta’limiy jihatdan bu metodlar nazariy bilim, amaliy ko`nikmalarni mustaqil egallashga, ularni takrorlash, mustahkamlash va chuqurlashtirishga yordam beradi. Tarbiyaviy ma’noda ular shaxsning mustaqillik, mehnatsevarlik, mas’uliyatlilik kabi xislatlarini tarbiyalaydi. Mustaqil ishlarni bajarish uchun o`quvchilar uchun sharoit, imkoniyat bo`lishi lozim, ya’ni darslik, ma’lumotnomalar bilan ishlash ko`nikma va malakalarini shakllantirish; o`zini o`zi nazorat qilish malakasini hosil qilish; mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli bajargan o`quvchilarni rag`batlantirish, qiziqtirish va tanqidiy baholash; mustaqil ishlarni tashkil etishda differensial hamda individual yondashish kabi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba