TA'LIM JARAYONIDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF QILISH YO'LLARI
Annotatsiya
Boshlang’ich sinflar dars dasturlarida har bir o’quv yili davomida
o’quvchilarning bilim va ko’nikmalariga nisbatan talablar aniq belgilab berilgan. Bu
esa o’quvchilarga puxta bilim berish va ularni ma’naviy yetuk ong egasi qilib
tarbiyalashda o’qituvchilar mas’uliyatini oshiradi.
Asosiy qo’llanma hisoblanadigan «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» da belgilangan vazifalarni to’g’ri tushunib, uni amalda
bajarish uchun sidqidildan mehnat qilayotgan o’kuvchilar sonining ortishi
quvonchlidir. Boshlang’ich sinflarda to’la o’zlashtirishga erishayotganligi, faqat
«4» va «5» bahoga o’zlashtirish berayotgan o’qituvchilar ko’payib borayotganligi
fikrimizning dalilidir. Bu esa o’quvchilar mahorati ortib, ta’lim-tarbiya ishlari
samardorligini oshirish bilan shug’ullanayotgan uslubiyatchi va olimlarning
xizmatlari ro’yobga chiqib borayotganligidan dalolat beradi. Chindan ham
boshlang’ich sinflarda qo’llanayotgan o’qitishning noan’anaviy uslublarining
qo’llanishi va ta’lim samardorligining oshib borishi quvonchlidir.