O'ZBEK VA FRANSUZ TILLARIDAGI MAQOLLARDA JON KONSEPTINING IFODALANISHI
Annotatsiya
Badiiy adabiyotning qamrov darajasi keng sanaladi. Zero undagi janrlarning har biri insonning kamoloti uchun xizmat qiladi. Xalq og'zaki ijodida o'zining ulkan, boy merosi bilan ajralib turuvchi maqollar insonning turmush tarzini yaxshilashga, saboq berishga, xulosa chiqarishga xizmat qiladi. Ba'zan ko'chma, ba'zan o'z ma'nosida qo'llaniluvchi maqollar o'zbek va fransuz adabiyotida ham o'z o'rniga ega bo'libgina qolmay, tarbiyaviy-ijtimoiy ahamiyati bilan dolzarbdir. Insonlar turli millatlarga mansub bo'lsalar-da, ammo ularning adabiyotidagi mazmun - mohiyat bir butun yaxlitlikni aks ettiradi. Har ikkala millat adabiyotida uchraydigan maqollarda jon va u bilan bog'liq tushuncha mavjud bo'lib, ba'zan turlicha ma'no aks etsa, ba'zan esa yaxlit ma'no kasb etadi.