Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

HOJI MUINNING SIYOSIY PUBLITSISTIKASI

ABI

Annotatsiya

Maqolada jadid ma’rifatparvarlaridan biri Hoji Muinning siyosiy publitsistikasi tahlil qilindi. Fevral inqilobidan keyin chop etilgan gazetalar, ularda bolsheviklarga bo‘lgan munosabat, sho‘rolar matbuotining tashkil qilinishi jarayonlari o‘rganildi. Bu jarayonlarda jadid ma'rifatparvari Hoji Muinning siyosiy qarashlari matbuotda chop etilgan maqolalari asosida tadqiq qilindi. Uning Hurriyat gazetasidagi maqolalari, birinchi sho‘ro gazetasining muharriri sifatidagi faoliyati o‘rganildi. Garchi sho‘ro hukumatining nashri bo‘lgan gazetada bosh muharrir vazifasida ishlagan bo‘lsa-da, u o‘z maqsad-maslagidan qaytmagani maqolalari tahlili orqali ochib berildi. Hoji Muin siyosiy qarashlarini ifodalashda u bilan maslakdosh bo‘lgan, ustoz, hamfikr bo‘lgan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy kabi ziyolilar faoliyatiga ham baho berildi. Ularning Samarqandda chiqqan “Hurriyat” gazetasi va “Mehnatkashlar tovushi” gazetasida chop etilgan maqolalari tahlilga tortildi. Тurkiston mustaqilligi uchun kurashgan jadid ziyolilarining sho‘ro hukumati o‘rnatilgandan so‘ng ham millat manfaati yo‘lida fidokorona xizmat qilganligi dalillar asosida ochib berildi. Sho‘ro hukumatining jadidlarga munosabati, millat zoyolilarini qatag‘on siyosati Hoji Muin taqdiri misolida ko‘rsatib berildi. Jadidlar o‘z siyosiy qarashlarini xalqqa targ‘ib qilishda matbuotdan samarali foydalanishgani qayd etildi. “Hurriyat” va “Mehnatkashlar tovushi” gazetalarida chop etilgan ayrim maqolalar ilk bor tahlilga tortildi. Kalit so‘zlar: jadidchilik; ma’rifatparvarlik; matbuot; siyosiy; sho‘ro hukumati; publitsistika; gazeta; bosh muharrir; Turkiston.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba