5-SINF ADABIYOT DARSLIKLARIDA BERILGAN EPIK ASARLARNING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
Annotatsiya
Biz ushbu maqolamizni mustaqillikdan keyin oxirgi 22 yil ichida nashr etilgan
5-sinf adabiyot darsligi sahifalaridan o‘rin olgan epik asarlarning qiyosiy-tipologik
tahliliga bag‘ishladik. Maqolada darslikda mavjud epik asarlar nomi, muallifi, janri
maxsus jadval asosida berilgan bo‘lib, ushbu jadval bilan tanishish asnosida
o‘zingizni qiziqtirgan savollarga ham javob topishingiz mumkin. Har nashrga
kiritilgan yangiliklar, uzluksiz nashr etilgan asarlar, xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek va
jahon adabiyotidan keltirilgan namunalar, bob nomlari shular jumlasidan. Bu
qiyosiy-tipologik tahlil bizga nimani beradi? Tahlillash jarayonida darsliklar
orasidagi farq, o‘quvchi yoshiga munosabat aniqlanadi. Shu orqali har bir
darslikning yutuq va kamchiliklari ko‘rib chiqiladi.