Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

LAVANDA O'SIMLIGINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

ABI

Annotatsiya

Lavanda yoki (Lavandula) butasi - Lamiaceae oilasiga mansub, ko’p yillik o’simlik. Bu oilaga 30 dan ortiq tur kiradi. Tabiiy sharoitda Shimoliy va Sharqiy Afrika, Arabiston, Evropaning janubi, Avstraliya va Hindiston davlatlarida uchratish mumkin. Barcha mamlakatlarning har turida ham lavandaning 2 xil turi o’stiriladi. Dorivor yoki tor bargli lavanda va keng bargli lavanda. Lavanda lotinchadan olingan bo’lib, "lava"-"yuvish" deb tarjima qilingan. Qadimda uni yuvish vositasi sifatida ishlatib kelingan. Tarkibida efir moyi bo’lganligi uchun hozirgi vaqtda ko’p maqsadlarda ishlatiladi. "Haqiqiy" (Lavandula angustifolia) deb ham ataladi. Tor bargli lavandadan kosmetikada, damlamalar tayyorlashda, tayyor mahsulotlar va efir moylari ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba