QONUNCHILIGIMIZDA SURROGAT ONALIK SHARTNOMASINI TARTIBGA SOLISHNING DOLZARB MASALALARI (TEZIS)
Annotatsiya
Ma’lumki, surrogat onalik shartnomasi qonunchiligimizda nomlanmagan notipik xususiyatga ega shartnoma turi sifatida e’tirof etiladi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 5-moddasiga ko’ra fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan munosabatlar qonunchilik yoki taraflarning kelishuvi bilan to’g’ridan to’g’ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonunchiligining o’xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qo’llanilishi(qonun o’xshashligi) belgilangan. Agarda, ko’rsatib o’tilgan hollarda qonun o’xshashligidan foydalanish mumkin bo’lmasa, taraflarning huquq va burchlari fuqarolik qonunchiligining umumiy negizlari va mazmuniga (huquq o’xshashligiga) hamda halollik, oqillik va adolat talablariga amal qilgan holda belgilanadi . Mazkur masalada bir qator tadqiqotchilarning bu masalani asoslantiruvchi fikrlari mavjud.