O'QITUVCHINING INNOVATSION DARS BERISH VA TARBIYACHILIK MAHORATI
Annotatsiya
Tarbiya-tarixiy va ijtimoiy xodisadir. Tarbiya avlod-ajdodlarimizdan bizga yetib kelgan buyuk meros bo‘lib, u komil insonni voyaga yetkazishda muximdir. Tarbiya insonlarning faoliyati jarayonida ularning ongi va irodasini o‘stirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tarbiya ijtimoiy xodisa bo‘lib, insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘ziga xos mazmun va amalga oshirish shakliga egadir. Tarbiya haqida Shayx Sa’diy o‘zining "Guliston" asarida shunday deb yozgan edi: "Kimda-kim yoshlikdan tarbiya olmasa, katta bo‘lib baxtli bo‘la olmaydi". Adibning yuqoridagi so‘zlariga amal qilgan xolda o‘quvchilarni ma’naviy boy, jismoniy jihatdan sog‘lom qilib tarbiyalash maqsadida dastlab ularning tarbiyaviy darajasini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqolada o‘qituvchining innovatsion dars berish va tarbiyachilik mahorati haqida so‘z yuritiladi.