Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

YALPIZ(MENTHA) O'SIMLIGINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATI VA AHAMIYATI

ABI

Annotatsiya

Yalpiz Labguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik,dorivor va efir moyli o’simlik.O’zbekistonda 45 ta turi o’sadi , poyasi tik shoxlangan, bo’yi 25-100 sm .Barglarida 2,5-3 %, gullarida 4-6 %, poyasida 0,3 % mentol (validolning tarkibiy qismi) ga boy bo’lgan efir moyi, shuningdek, flavonoidlar, vitaminlar,oshlovchi moddalar bor. Barglari va poyasidan yalpiz moyi olinadi hamda oziq-ovqat , tibbiyot, parfyumeriya sohalarida foydalaniladi. Vegetativ ( bahorda ildizini bo’lib ekish) yo’li bilan ko’paytiriladi. O’zbekistondagi barcha viloyatlarda uchraydi hamda nam yerlarda, ariq va daryo bo’ylarda o’sadi.Ilmiy tibbiyotda turli ichak kasalliklarida, gipertoniya, nevroz, uyqusizlik, oshqozon-ichak kasalliklarida foydalaniladi.Yalpiz shuningdek oddiy yalpiz, bog’ yalpizi, qo’zichoq yalpiz turlari bor.Mo’tadil iqlim mintaqalarida o’sishga moslashgan.Shuningdek afrika,Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikada tabiiylashtirilgan. Yevropa mamlakatlari, AQSH, Ukraina, Belarus va Shimoliy Kavkazda hamda Xitoy,Hindiston, Braziliya va boshqa mamlakatlarda ekiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba