Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Himoyalangan maydonda mangold o'simligini ekish va hosildorlikni o'rganish

ABI

Annotatsiya

O’zbekiston aholisini oziq-ovqat ta’minotini yaxshilash, qishloq xo’jalik ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xo’jalik tarmoqlarini takomillashtirish asosiy omil hisoblanadi. Sabzavotlarni ilmiy asoslangan yillik iste’mol me’yori ularni yil davomida bir xilda iste’mol etilishini taqozo etadi. Bunga erishish uchun ochiq va ximoyalangan maydon sabzavotchiligini mutonosib ravishda rivojlantirish lozim. Issiqxona sabzavotchiligi qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, aholini yilning mavsumdan tashqari davrida yangi, servitamin mahsulotlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Hozirda Andijon qishloq xo’jalik va agrotexnologiyalar instituti xududining 0,02 gektarlik himoyalangan yerida mangold(bargli lavlagi) navlarini yetishtirishda maqbul ekish muddatlari va ekish sxemalarini o’rganish mavzumizni ilmiy yangiligi bo’lib hisoblanadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba