Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DETAL ESKIZI VA TEXNIK RASMINI CHIZISH

ABI

Annotatsiya

Oʻquv jarayonida oʻquvchining loyihalash mahorati, chamalash va mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda eskizning ahamiyati katta. Shuning uchun har bir muhandis mutaxassisligidan qatʼiy nazar eskiz tuzishni mukammal bilishi zarur. Detallarning aslida qarab taqribiy masshtab ostida, chizmachilik asboblarini ishlatmasdan koʻzda chamalab qoʻlda bajarilgan chizmaga eskiz deb ataladi. Eskiz detaldagi geometrik qismlarning oʻzaro nisbiy bogʻliqliklarining saqlagan holda, standart talablariga rioya qilingan tartibda bajariladi. Chizmachilikda eskiz birinchi chizma deb yuritilsa-da, unda detallarni tayyorlash uchun yetarli barcha maʼlumotlar boʻladi. Shuning uchun ham eskiz asosida detalning ish chizmasi bajariladi. Eskiz konstruktorlik hujjati bo‘lib, konstruktorlar faoliyatida, ixtirolarda va ishlab-chiqarishni tashkil etishda keng qo‘llaniladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba