Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ISHLAB CHIQARISH KORXONASIDA MEHNAT XAVFSIZLIGINI BOSHQARISH TIZIMI (MXBT) NI TAHLILI

ABI

Annotatsiya

Inson o‘z mehnatining sifati va unumdorligini oshirish maqsadida mehnat qurollarini va ishlab chiqarish vositalarini doimiy va to‘xtovsiz ravishda o‘zgartirib, mukammallashtirib boradi. Buning natijasida u mehnat jarayonida doimiy ravishda yuzaga chiqadigan turli zararli va xavfli omillar ta’siri ostida qoladi. Тurli zararli va xavfli omillar ta’siri ostida qolish hozirda, insoniyat XXI asrga qadam qo‘yganda, dolzarb muammoga aylandi. Iqtisodiyot obyektlarining, ayniqsa, mashinasozlik va uning turli sohalarida murakkab texnik qurilmalar va mashinalarning qo‘llanilishi natijasida ishlovchilarda nerv-psixologik, statik yuklanishlar, nevroz holatlari, kasb kasalliklari ko‘paydi, avariya va falokatlar sodir bo‘lishi ortdi. Bular o‘z navbatida ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash masalasining ahamiyatini oshiradi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba