Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

NORMUROD NORQOBILOV HIKOYALARIDA AN'ANA VA INDUVIDUALLIK

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada yozuvchi Normurod Norqobilovning hikoyalari tahlilga tortilgan, bo‘lib ularda ana’naviylik va ijodiy individuallik xususida so‘z boradi. Janr atamasi va uning adabiyotshunoslikda o‘rganilishi xususida ham mulohazalar bildirilgan. Mazkur maqolada hikoya janrining xususiyatlari haqida ham to‘xtalib o‘tiladi. Shuningdek, adib hikoyalarining kompozitsion o‘ziga xosligi, sarlavha hamda ilk jumlaning poetik xususiyatlari o‘rganiladi. Bulardan tashqari Normurod Norqobilov ijodi bugungi o‘zbek nasri kontekstida olib qaralib, individual talqin muammosiga ham e’tibor qaratiladi. Kinoyaviylikning adib ijodidagi o‘rni, shuningdek, obraz yaratishda adib uslubiy mahorati masalasi tahlil qilinadi. Hikoyaga sarlavha tanlashi boshqa adiblarnikidan biroz farq qiladi. Masalan, adib bir hikoyaga ikki xil nom qo‘yadi yoki bir nomda ikki xil hikoya yaratgan-ki, biz adib ijodidagi bu jihatga alohida e’tibor qilishimiz zarurati tug‘iladi. Maqolada sarlavha yaratish mahoratiga ham to‘xtalib, tasniflanadi: birinchidan, sarlavha o‘zagarsa ham ma’nosini qisman saqlanib qolgan hikoyalar, ikkinchidan, sarlavha o‘zgarishi bilan asarda muallif nuqtai nazari keskin o‘zgargan asar, uchinchidan, bir nomda ikki xil syujetdagi asar. Umuman olganda, maqolada adib ijodida an’ana va uslubiy o‘ziga xoslikka e’tibor qaratiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba