Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Sug’orishda yer osti suvlaridan ratsional va ekologik xavfsiz foydalanishning ilmiy asoslari (kungaboqar misolida)

ABI

Annotatsiya

Yer osti suvlari haroratining pastligi o‘simliklar(kungaboqar misolida)ning vegetatsiya davrining cho‘zilib ketishiga olib keladi. Misol uchun, o’simliklarning o‘sib rivojlanishi 7-15 kunga kechikadi. Bularning barchasi pirovardida qishloq xo‘jaligi ekinining hosildorligi va sifatiga, uning mevalari pishib yetish muddatiga ta’sir qiladi. Natijada, aeratsiya zonasining past haroratli suv-havo tuproq muhiti, tabiiyki, ozuqa moddalari va o‘g‘itlarning o‘z vaqtida erishini ta’minlamaydi. Shuningdek, ularning o‘simlik ildiz tizimlari tomonidan o‘z vaqtida to‘liq o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday sharoitda ozuqa moddalarining bir qismi, sovuq suvning tushayotgan oqimlari ta’siri ostida cho‘kib ketadi va yer osti suvlari bilan aralashadi. Boshqa tomondan, vegetatsiya davrida 16–18°C gacha bo‘lgan sovuq suv-havo tuproq muhiti o’simliklar uchun zararli bo‘lib, o‘sish va rivojlanish tezligini sezilarli darajada pasaytiradi va uni turli xil kasalliklarga duchor qiladi. Bularning barchasi o’z navbatida qishloq xo‘jaligi ekinining hosildorligi va sifatiga, uning mevalari pishib yetish muddatiga salbiy ta’sir qiladi.

Mavzular

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba