BOYITILGAN VA MODIFIKATSIYALANGAN BЕNTONIT GIL MINЕRALLARINI ANALITIK TAHLIL QILISH
Annotatsiya
Tadqiqot Navbahor va Krantau ishqoriy bentonitlarini o‗rganish va turli maqsadlarda foydalaniladigan sorbentlar, katalizatorlar va katalizator tashuvchilarni sintezi uchun xom ashyo olishga qaratilgan. Olib borilgan tajribalar davomida minerallar boyitildi va modifikatsiyalandi. Namunalar kompleks termogravimetriya, elektron mikroskopik va kimyoviy taxlil usullari yordamida tahlil qilindi. Natijalar gilning agregatlari o‗lchami 50-60 nm dan 5-10 nm ga kamayganligini ko‗rsatdi. Navbahor va Krantau bentonitlarining modifikatsiyalangan namunalari uchun adsorbsiyalangan suvning ajralib chiqish harorati mos ravishda 79,927 va 73,247°C ga va d001 bazal reflekslari 1,28 va 1,24 nm ga to‗g‗ri kelishi mineralining asosiy miqdori natriyli motmorillonit, illit, kaolinit va dala shpatidan iborat ekanligi va qo‗shimcha (Ca2+, Fe2+, Fe3+ tuzlari, kvars va boshqa) moddalarning kamayganligini dalolat beradi.