BYURGERS TENGLAMASINI SPEKTRAL–TO‘R METODI BILAN APPROKSIMATSIYALASH
Annotatsiya
Maqolada chiziqli bo‗lmagan to‗lqinli jarayonlarni tavsiflovchi Byurgers tenglamasini spektral-to‗r metodi bilan sonli modellashtirish qaralgan. Mazkur tenglama chiziqli bo‗lmaganligi uchun, uni samarali yechish uchun maxsus metodlar ishlab chiqish talab etiladi. Shu sababli, Byurgers tenglamasi uchun qo‗yilgan differensial masalani yechishda integrallash intervalida to‗r kiritiladi, to‗rning har bir elementida taqribiy yechim birinchi turdagi Chebishev ko‗phadlari qatori ko‗rinishida izlanadi. Natijada qo‗yilgan masala algebraik va differensial tenglamalar sistemasini yechishga keltiriladi.