BUYUK IPAK YOʻLI TARIXSHUNOSLIGINING NAZARIY VA AMALIY XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Ilmiy maqolada Buyuk ipak yoʻli tarixining Yevrosiyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan oʻrganilishining zamonaviy tarixiy tadqiqotlarga asoslangan jihatlari batafsil yoritib berilgan. Tarixshunoslik yoʻnalishida Yevropa davlatlarida qoʻllaniladigan tadqiqot metodlarini qoʻllash orqali Buyuk ipak yoʻlini oʻrganishning zamonaviy metodologiyasi haqida maʻlumotlar keltirilgan. Yevrosiyo davlatlarini o‘zaro madaniy-gumanitar sohalarda bogʻliq holda faoliyat yuritishda Buyuk ipak yoʻlining muhim ahamiyatli jihatlari xorijiy ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlarga asoslangan holatda yoritib berilgan. Mahalliy va xorijiy materiallar yordamida tadqiqotning tarixshunoslik jihatlarini tadqiq etishning foydali modellari tushuntirilgan.Tarixiy tadqiqot metodlaridan biri boʻlgan qiyosiy uslub orqali, Yevropa, Amerika va Osiyo tarixshunosligida Buyuk ipak yoʻlini tadqiq etilganlik darajasi tahlil qilingan. Zamonaviy tahliliy metodlaridan foydalanilib, Oʻzbekistonda madaniy meros turizmini rivojlanishida shaharlar misolida nazariy va amaliy tahlili koʻrib chiqilgan. Shuningdek, Ipak yoʻlining asosiy tarmogʻida joylashgan Oʻzbekistonda zamonaviy tadqiqotlar asosida tarixshunoslik yoʻnalishini rivojlanishining xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan va uning tarixiy mohiyati bayon etilgan. Tadqiqotning natijasi sifatida, Buyuk ipak yoʻlini oʻrganishning zamonaviy metodologiyasiga oid tavsiyalar keltirib oʻtilgan