Lotin tilini o’qitish jarayonida klinik kafedralar bilan integratsiyalashtirilgan mashg’ulotlarning maqsadli yo’naltirilishidagi natijalar
Annotatsiya
O’zbekiston Respublikasi oliy tamlim va sog’liqni saqlash vazirligi oliy o’quv yurtlari oldiga malakali, xalqaro standartlarga mos mutaxasisni tayyorlash vazifasini qo’yadi. Meditsina oliy o’quv yurtlarida echimini kutayotgan asosiy muammolardan biri bu lotin-yunon tibbiy terminlarini o’qitish hisoblanadi. Bu fanga oxirgi vaqtlarda e’tibor kam ajratilmoqda, ayniqsa o’quv kurslarining oxirgi bosqich talabalari terminlarni qo’llashda qiynalib qolishmoqda. Natijada tibbiy terminlarni bilish sohasidagi bilim darajasi past ko’rsatkichni egallamoqda. Maqolamda meditsina oliy o’quv yurtlaridagi maxsus fanlar, ya’niy klinik fanlar bilan lotin tili fanining integratsiyasini kelishgan holda mashg’ulotlarni tashkillashtirish masalasini yoritmoqchiman.