INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA TAKRORNING TURLARIDAGI MUAMMOLAR
Annotatsiya
Mamlakatimiz yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy va texnologik sohalarda hamkorlik qilishni avj oldirgan hozirgi davrda - har kungi hayotimizning barcha sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar chet tilida, ayniqsa, dunyo tiliga aylanayotgan, ingliz tilida barcha janrda yozilgan matnlarni o’qib, tushuna olishlari, shu bilan birga barcha sohada tegishli matnlarni yoza olishlarini davr taqozo etyapti. Bu boradi xorijiy tilshunos olimlarning tadqiqotlari bilan birgalikda mamlakatimiz tilshunos olimlari ham salmoqli ilmiy -tadqiqotlarni olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqotlarda ingliz tilining grammatikasi, leksikasi, fonetikasi bilan birgalikda uning uslubini, ya’ni stilistikasini o’rganishi kerak. Bizning maqolamiz ham yuqorida ko’rsatilgan masalalardan biri haqida.