DIFFERENSIAL TENGLAMALAR TADBIQI
Annotatsiya
<em>Differensial tenglamalar — nomaʼlum funksiyalar, ularning turli tartibli hosilalari va erkli oʻzgaruvchilar ishtirok etgan tenglamalardir. Differensial tenglama nazariyasi 17-asr oxirida differensial va integral hisobning paydo boʻlishi bilan bir vaqtda rivojlana boshlagan. Differensial tenglama matematikada, ayniqsa, uning tatbiklarida juda katta ahamiyatga ega. Fizika, mexanika, iqtisodiyot, texnika va boshqa sohalarning turli masalalarini tekshirish differensial tenglamani yechishga olib keladi. differensial tenglamalar manbasi sifatida olimlar uch qadrlidir. Bugungi kun uchun dolzarbligi eng optimal yechim talab qilinadigan har qanday matematik masala uchun differensial tenglamalar muhim o’rin tutadi. Tibbiyot, iqtisodiyot hamda informatikada, yer qimirlashlarini bashorat qilishda, okeanlarda sunami xavfini chamalashda foydalaniladi , geologik qidiruv ishlarida, yer ostt ma’danlarini, neft, gaz va hokazo konlarini izlashda, kondan qaytgan tovish to‘lqinlari xossalarini tahlil qilish va bu orqali konning geologik hamda iqtisodiy ahamiyati haqida xulosa qilish uchun foydalaniladi.</em>