OQ AKATSIYA (ROBINIA PSEUDOACACIA L) URUG'KO'CHATLARINING O'SISH KO'RSATKICHLARI
Annotatsiya
<em>Burchmulla davlat o’rmon xo’jaligida mavjud bo’lgan oq akatsiya daraxtining 25-30 yoshli onalik plantatsiya urug’laridan ekib o’stirilgan 2 yillik urug’ko’chatlarida olib borilgan tadqiqotda quyidagi natijalar aniqlandi. 4 xil variantda: 1-variant “Nazorat”; 2-variant “Kornevin”; 3-variant “Gibberellin”; 4-variant “Oksigumat” stimulyatorlaridan foydalanilgan holda mahsus maydonga chuqurligi 2 sm, qator orasi 20 sm, urug’ orasi 1-3 sm qilib ekilib tajribalar qo’yilgan. Qo’yilgan tajriba asosida urug’ko’chat balandligi va diametri o’lchandi: 1-variant bo’yicha urug’ko’chatlar balandligi 28-35 sm, diametri 0.1-0.2 mm; 2-variantda urug’ko’chat balandligi 40-54 sm, diametri 0.2-0.4 mm; 3-variantda urug’ko’chat balandligi 60-75 sm, diametri 0.4-0.7 mm; 4-variantda urug’ko’chat balandligi 78-82 sm, diametri 0.6-0.8 mm ko’rsatkichlar aniqlandi</em>