Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Boshqa

SINXRON TARJIMADA SEMONTAGRAFIYANING AHAMIYATI

ABI

Annotatsiya

Bugungi kunda O’zbekiston jahon hamjamiyatida tobora mustahkam o’ringa ega bo’lib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasi jadal rivojlanib, yangi fanlar, zamonaviy yo’nalishlar amaliyotga keng tatbiq qilinmoqda. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yilga “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berganligining zamirida ham chuqur mazmun aks etgan. Mamlakatimizning xalqaro munosabatlari kengayib borgani sari yetuk tarjimon-mutaxassislarga talab va ehtiyoj ortib bormoqda. Ushbu maqola hozirda ketma-ket tarjimada keng qo’llanilayotgan yangi semantografiya yo’nalishining ahamiyati, qonun- qoidalari, ,tez yozuv sirlari va sohaning bugungi kundagi dolzarbligiga qaratilgan. Hozirgi kunda yetuk va malakali konferensiya tarjimoni bo’lib yetishish uchun zamonaviy semantografik bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish nihoyatda muhim. Ma’lumki, “tez yozuv san’ati” asosan ketma-ket tarjimada, uzoq ma’ruzalar bilan ishlash jarayonida, shuningdek, muzokaralar paytida tarjimondan transkript yoki suhbat yozuvini tez vaqt oralig’ida tayyorlashni talab qilgan vaziyatlarda qo'llaniladi. Ba'zi tez yozish usullaridan bir vaqtning o'zida ham sinxron tarjima qilish, ham aniq, to’liq ma'lumotni yozib olishda foydalaniladi. Ushbu maqolada muallif mavzuning ana shunday muhim xususiyatlariga e’tibor qaratadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba