SAMARQAND VILOYATI AHOLISI ORASIDA COVID-19 KASALLIGIDAN KEYINGI BEMORLARGA KUZATILGAN KASALLIKNING ASORATI VA KASALLIKLARNING O’ZIGA XOS KECHISH XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Hozirgi kunda Coved-19 pandemiyasida yuzaga kelgan noxush holat va bu bilan bog’liq bo’lgan inson salomatligi ko’rsatkichlarining murakkab ahvolga tushib qolganligi ilmiy manbalar sharhidan ma’lum. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti xabariga ko’ra COVID-19 virusi shiddatli ravishda dunyo bo’ylab ko’plab mamlakatlarda agressiv tarqaldi [1]. Shu munosabat bilan odamlarning salomatlik ko’rsatkichlariga coved-19 kasalligidan keyingi asoratlarning salbiy ta’siri tobora oshib borayotganini e’tiborga olib, O’zbekiston sharoitida ko’pgina kasalliklarga nisbatan tibbiy yo’nalish va qarashlarni qayta ko’rib chiqish hozirgi zamon talablariga mos masala bo’lib qolmoqda.