Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

把 “BĂ” HISOB SO‘ZINING PAYDO BO‘LISH OMILLARI

Ziyoda ARTIKOVATashkent state institute of oriental studies
ABI

Annotatsiya

. Xitoy tili hisob so‘zlarining ishlatish ko‘lami keng va grammatikaning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Shulardan 把 “bă” hisob so‘zi dastlab fe’l so‘z turkumiga tegishli bo‘lib, vaqtlar o‘tishi bilan, jamiyatdagi, tildagi qonuniyatlarining ta’siri natijasida uning hisob so‘zi ma’nosi ham paydo bo‘lgan. 把 “bă” hisob so‘zining dastlabki qo‘llanilishidan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy rivojlanishi yo‘lida ko‘pgina o‘zgarishlar va shakllar paydo bo‘lgan. Til tashqi va ichki omillarining ta’siri natijasida xitoy tilidagi ushbu iyeroglifning fe’l mustaqil so‘z turkumidan hisob so‘zi yordamchi so‘z turkumiga xoslanib borishi bu tilda ishlatishga bo‘lgan ehtiyoj hisoblaniladi. Faqat shundagina tilni kundan kunga boyitish, muloqot chog‘ida uni yanada aniqlashtirib ko‘rsatish mumkin. Maqolada turli davrga tegishli bo‘lgan omillarni ko‘rib chiqish maqsad qilingan. Bundan kelib chiqib shuni aytishimik mumkinki, 把 “bă” fe’li rivojlanish yo‘lida hisob so‘zi sifatida shakllangan va hozirda u xitoy tili grammatikasida keng qo‘llanilib kelmoqda. Ishlatilganda 把 “bă” hisob so‘zi ham nom hisob so‘zi sifatida, ham harakat uchun foydalaniladigan hisob so‘zi sifatida xitoy tili grammatikasida muhim o‘rin egallaydi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba