TILSHUNOSLIKDA GENDER TADQIQINING NAZARIY ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolaning maqsadi gender tushunchasining fanga kiritilishi va uning ma’no mazmunini nazariy jihatdan ochib berish va lingvistik genderologiya fanining rivojlanish tarixi va metodologiyasi haqida batafsil nazariy ma’lumotlarni keltirishdir. Maqolada gender tilshunoslikning rivojlanish bosqichlari davrlarga boʻlingan. Gender tilshunoslik nimani tadqiq qiladi va qanday savollarga javob izlaydi kabi savollarga javoblar maqolada bayon qilingan. Bundan tashqari, oʻzbek, nemis, ingliz, rus gender tilshunoslari va sotsiologlarining gender boʻyicha qilgan tadqiqotlari mazkur maqolada keng muhokama qilingan va yoritib berilgan. Maqolada, asosan, nazariy ma’lumotlar keltirilgan va shu bilan birga genderga oid hozirda aktiv qoʻllaniluvchi oʻzbek va nemis tillaridagi leksik birliklar va turgʻun birikmalar tanlab olindi va tahlil qilindi. Natijada koʻplab genderga oid grammatik va leksik farqlar va oʻxshashliklar aniqlandi.