MEDIA OLAM TASVIRIDA “XOTIRA” KONSEPTINING LINGVOKOGNITIV TADQIQI
Annotatsiya
Ijtimoiy munosabatlar insonning dunyo haqidagi g‘oyalariga asoslanadi, buning natijasida falsafiy va lingvistik adabiyotlarda uning ma’lum bir modeli shakllanadi. Ijtimoiy fanlarning biror-bir sohasida ishonchli metodologiya mavjud emas, uning yordamida “olam manzarasi”ni ham bir butun sifatida, ham uning ko‘plab tarkibiy qismlarida aniqlash mumkin bo‘ladi. “Olam manzarasi” tushunchasi insoniyatning dunyo haqidagi g‘oyalarini o‘rganishga asoslanganligiga tayanib, inson va atrof-muhitning o‘zaro ta’siri bo‘lgan olam manzarasini atrof-muhit va inson haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash natijasi deb atash mumkin. Turli aloqalar natijasida olam bilan ongning barcha shakllari ishtirokida — kundalik, ilmiy va falsafiy, diniy-mifologik va badiiy — inson o‘zi uchun dunyoning ajralmas qiyofasini yaratadi. Ushbu maqolada MEMORY lingvokognitiv hodisasini media olam tasviri nuqtayi nazaridan o‘rganishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Turli kontekstlarda amalga oshirilgan MEMORY leksemasining semantik tahlili shu nomdagi konseptning kognitiv xususiyatlarini ko‘rsatadi. Kognitiv tilshunoslikda kontekst “ma’nolarni shakllantirish va talqin qilish asosida” butun bilim tuzilmalarini ifodalaydi. Tarkibiga ko‘ra ajratilgan o‘xshash leksemalarni birlashtirish jami reaksiyalar chastotasini anglab yetilgan integral semantik komponentlarini ajratib ko‘rsatish ularni ifodalovchi birliklar MEMORY lingvokognitiv fenomenining kognitiv belgilarini, yuqori chastotali, ya’ni ≥ 10% qiymatdagi yorqinlik darajasiga ega, yaqin periferiya 3%> 10% hamda uzoq periferiya 1% ≥ 3% qiymatdagi yorqinlik indeksiga ega bo‘lgan semantik guruhlar tashkil qiladi. Jami ingliz media matnlari asosida ajratilgan semalar soni 56 tani tashkil etadi.