Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BOLALAR NUTQIDA GAPNING IFODALANISH MAQSADIGA KO‘RA TURLARI

Nasiba SAYIDRAKHIMOVADepartment of Uzbek language and classical oriental literature International Islamic Academy of Uzbekistan
ABI

Annotatsiya

So‘nggi yillarda nutqiy xodisalar tadqiqida borgan sari grammatikaning ayrim xodisalarini emas, balki semantik — grammatik kategoriyalarning shakllanishi haqidagi umumlashgan ko‘rinishlarini o‘rganish ham nazarda tutilmoqda. Ushbu holat to‘g‘ridan-to‘g‘ri zamonaviy lingvistika uchun xarakterli bo‘lgan an’analar: til birliklari ma’nolarini o‘rganish, sintaksisning semantikaga murojaati va, eng asosiysi, so‘zlovchi insonga bo‘lgan mo‘ljal (oriyentatsiya), ya’ni yangicha antroposentrik paradigma bilan bog‘liq. Insonning tilni birinchi til sifatida egallashi; nutq ontogenezi masalasi, bolalarning dastlabki til — ona tilini egallashlarida filogenez ontogenezni takrorlaydimi, bu jarayonda nutq ontogenezining shakllanish bosqichlari qanday kechadi va ular an’naviy tilshunoslik bo‘yicha belgilangan gipotezalarga amal qiladimi, kabi bir qator savollarga javob izlash, ushbu jarayonni yangicha paradigmada tahlil qilishni taqozo etmoqda. Shu bois, ushbu maqolada, kichik yoshdagi bolalarning tilni egallashidagi an’anaviy tilshunoslikda belgilangan tizimni takrorlamaydigan holat, ya’ni tilni egallash bolalar nutqida fonetik tizim birligi — nutq tovushlari, leksik — semantik tizim birligi — so‘z va grammatika bosqichida emas, balki sintaktik birlik — gap bilan boshlanishi, bu o‘rinda, sintaksisni o‘zlashtirish imkoniyatlari, ularning nutqida qo‘llaniladigan gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari haqida so‘z yuritiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba