Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

M.KANNINGHEMNING “SOATLAR” BIOGRAFIK ROMANIDA RAMZIYLIK

Feruza KHAJIEVABukhara State University
ABI

Annotatsiya

So‘nggi yillarda zamonaviy Amerika yozuvchisi Maykl Kanninghemning “Soatlar” biografik romani nafaqat Amerika adabiyotida, jahon adabiyotida ham kuchli qiziqish bilan qarshi olinmoqda. Muallif asarni innovatsion uslubiy yondashuv bilan yaratib, unda turli badiiy detallar orqali postmodernizmga xos ramziy ma’noni mujassam eta olgan. Ushbu biografik romanning transtextual va polifonik xususiyatlarni yoritib beruvchi ilmiy tadqiqotlar mavjud bo‘lib, asardagi ramziy detallarni talqiniga bag‘ishlangan tadqiqotlar etarlicha emas. Tadqiqotda ramziy ma’no kasb etgan turli badiiy detallar tahliliy va biografik metod asosida o‘rganilib, birinchidan, ramzlarda ifodalangan fikr orqali muallif o‘z dunyoqarashi barobarida, madaniy kodlarni ham matnga singdirib, asarning ta’sir doirasini kitobxonga havola etishi natijasida talqinlar ko‘lami ortib, har bir retsipientning dunyoqarashi bilan boyitilishi ko‘rsatilgan. Ikkinchidan ramzlarda birlamchi (umummadaniy qabul qilingan) ma’noga qo‘shimcha ravishda ikkilamchi (muallif tomonidan yangi talqin berilgan ramziy) ma’no ham singdirilishi mumkinligi misollar yordamida ko‘rsatib berilgan. Natijada maqolada ramziylikni turli milliy va madaniy tafakkur bilan tushunish orqali postmodernizmning bir jihatini yoritishga imkon yaratgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada