Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BOLALARDA KATTA CHARVINI BURALISHINI DAVOLASH VA DIAGNOSTIKASIDA ENDOVIDEOXIRURGIYA TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH SAMARADORLIGI

Berdiyev Ergash AbdullayevichTibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali bolalar jarroxi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi. Respublika Bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi O'zbekiston Respublikasi. ToshkentEgamberdieva FeruzaAbdusamatova VaziraRajabov ZiyovuddinYo'ldashov Jaxongir Davronbek o'g'li
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada bolalar qorin bo‘shlig‘ida juda kam uchraydigan katta charvini buralishi bilan 12 nafar bemor bolalarni<strong> </strong>davolash va diagnostika tahlillari keltirilgan. Bulardan 8 nafarida birlamchi charvi buralishi uchragan bo‘lsa, 4 nafarida esa ikkilamchi charvi buralishi aniqlangan. 12 nafar bemor bolalarda endovideolaparoskopik usulida charvi rezeksiyasi bajarilgan bo‘lib, shulardan 1 nafarida qo‘shimcha appendektomiya amaliyoti bajarildi. Katta charvini kistasi bilan 1 nafar bemorda videolaparoskopik rezeksiyasi bajarildi. Qorin bo‘shlig‘i travmasi bilan tushgan bemorda yuqori o‘rta laparotomiya amaliyoti bajarilib, konversiyaga o‘tildi. Operatsiya mahali va operatsiyadan so‘nggi davrlarda asoratlar kuzatilmadi. Gistologik tekshiruv jarayonida katta charvida gangrenoz omentit belgilari aniqlandi. Endovideolaparoskopik texnologiyalarni qo‘llab operatsiyalar bajarish, kasalikka aniq tashxis qo‘yish, bir vaqtni o‘zida charvi rezeksiyasini bajarishga erishish, ikkilamchi charvi buralishi etiologik omillarini aniqlash imkonini yaratadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba