Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Lotin
Maqola

O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHDA ELEKTRON TA’LIM RESURSLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Alimnazarov OlimTermez Institute of Engineering and Technology
ABI

Annotatsiya

Maqola empirik tadqiqotlar orqali professional ta’lim tizimi o‘quvchilarining mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish natijalari bo‘yicha ularning kreativ yondashuvlar orqali imitatsiya qilish kompetensiyalarini, ya’ni qo‘llanilayotgan metodikaning mazkur jarayonga adekvatligini ta’minlashda o‘quvchilarning kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Demak, ta’limda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish — o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishning strategik yo‘nalish sifatida namoyon bo‘ladi. Innovatsion texnologiyalarining rivojlanishi natijasida, ta’limning zamonaviy talablar darajasida rivojlanish tendensiyalarini ta’minlash, ularning mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonlarida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish bo‘yicha kompetensiyalarini shakllantirish zaruriyati yuzaga keladi. Bugungi kunda Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarida elektron shaklda ko‘plab resurslar mavjud, ammo ulardan foydalanishda kompetensiyaviy yondashuv yetarli darajada shakllantirilmagan. Bu esa o‘quvchilarda elektron ta’lim resurslari bilan ishlash kompetensiyalari yetarli darajada shakllantirilmaganligi bilan bog‘liqdir. O‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonida elektron ta’lim resurslari, jumladan, Kompas 3D muhandislik dasturi bilan ishlash kompetensiyalarini shakllantirish va bu orqali mazkur ta’lim resurslari yordamida mustaqil ta’lim vazifalarini bajarish metodikasini takomillashtirish maqsadida, Surxondaryo viloyati Termiz shahar kasb-hunar maktabi o‘quvchilari uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi va natijalar empirik tadqiqotlar, ya’ni kuzatuv, qiyosiy taqqoslash hamda matematik statistika metodlari orqali tahlil qilindi. Mazkur maqola kasb-hunar maktabi o‘quvchilarida mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonida elektron ta’lim resurslari bilan ishlash kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishda muayyan darajada xizmat qiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada