Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

XALQARO XUSUSIY HUQUQDA ERK MUXTORIYATI (PARTY AUTONOMY) PRINSIPIGA TASHQI TA'SIRLAR. FORS-MAJOR HOLATLARINING HUQUQIY TAHLILI HAMDA ERK MUXTORIYATI PRINSIPIGA TASHQI TA'SIRI

Xatamjonova Gulsanam Yasharjon qiziToshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti
ABI

Annotatsiya

<em>Ushbu maqolada xalqaro xususiy huquq ishtirokchilari tomonidan erk muxtoriyati asosida tuziladigan arbitraj kelishuv bitimlarining ahamiyati, arbitraj kelishuvlarining tuzilishi o‘rganib chiqilgan. Shuningdek arbitraj kelishuv bitimlari uni tuzuvchilar tomonidan ular amal qiladigan, ya’ni ular o‘rtasida nizo yuzaga kelganida qo‘llaniladigan huquq ham ko‘rsatilganida, bunday shartnomalar o‘z uchun o‘zi yetarli bo‘lgan arbitraj bitimi (self-sufficient arbitration agreements) deb hisoblanishi muhokama qilingan. Bunday arbitraj bitimlari o‘z ichida taraflar o‘rtasida munosabatlarning yuritilishiga oid hattoki nizolarning hal etilishiga oid ham har qanday qoidalarni o‘z ichiga oladi.</em> <em>Maqolada erk muxtoriyati prinsipi taraflarning erkiga imkoniyat berganligiga qaramasdan, prinsipning cheklanishi mumkinligi aytib o‘tilib bunday cheklovlar maqolada prinsipga tashqi ta’sirlar deb nomlanadi. Ushbu tashqi ta’sirlarga olib keluvchi holatlar ham, tashqi ta’sirlarning turlari ham qonunchilik manbaalari asosida tahlil qilinadi. </em> <em>Arbitraj kelishuv bitimlarini tuzuvchilar ko‘p holatlarda fors-major holatlarini o‘z mamlakatlari qonunlari yoki o‘zlari tanish bo‘lgan mamlakat qonunlari asosida hisobga olishlari, ammo har bir mamlakat qonunchiligi tomonidan fors-major holatlari turlicha baholanishi hamda uning oqibatlari arbitraj kelishuvi bitimi tuzuvchilarga ta’sir ko‘rsatishi mamlakatlar qonunchiligi, xalqaro hujjatlar shuningdek transmilliy qonunchilik asosida o‘rganib chiqiladi. </em>

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba