NAPORLI PLASTMASSA QUVURLARDA GIDRAVLIK ISHQALANISH KOEFFITSIENTI
Annotatsiya
Keyingi paytlarda ishlab chiqarishda plastmassa quvurlaridan keng foydalanilmoqda. Bunday quvurlar arzon, yengil, turli yemirilishlarga chidamli va ularni oʻrnatish ishlari bir muncha oson ekanligi bilan ajralib turadi. Naporli tizimlarni gidravlik hisoblashdagi asosiy muammolardan biri gidravlik ishqalanish koeffitsientini aniqlash hisoblanadi. Sohada faoliyat yuritayotgan koʻplab olimlar va tadqiqotchilar bunday quvurlarning gidravlik hisoblarini takomillashtirish bilan shugʻullanib kelmoqdalar. Shunga qaramay bajarilishi kerak boʻlgan nazariy va tajriba tadqiqotlarini kutib yotgan ishlar talaygina. Maqolada plastmassa quvurlarida gidravlik ishqalanish koeffitsientini laboratoriya sharoitida aniqlash usuli keltirilgan.