O'QISH MADANIYATI VA SHAXSNING AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya
<em>Ushbu maqolada axborotga bo‘lgan ehtiyojning nisbatan mustaqil, xilma-xil ehtiyojlarga taqsimlanishi axborot madaniyatining paydo bo‘lishiga olib keldi, bu axborot ehtiyojlarini qondirishda ma’lum ko‘nikmalar mavjudligini anglatadi, degan fikrlar mavjud edi. Ba’zi tadqiqotchilar axborot madaniyatini axborotni yaratish, to‘plash, saqlash va qayta ishlashda erishilgan samaradorlik darajasi deb hisoblashadi. Shu bilan birga, axborot madaniyati axborot kommunikatsiyalarining barcha turlarini optimallashtirishga qaratilgan faoliyatni anglatadi. Axborot faoliyati axborot madaniyatining asosiy qismi sifatida jamiyatning tabiati va rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Bu faoliyat, bir tomondan, to‘plangan va ishlab chiqarilgan ma’lumotlardan foydalanish, ikkinchi tomondan, uni turli ommaviy axborot vositalarida yaratish va mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi.</em>