Tarbiya fanini oʻqitish jarayonida oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyalari tavsifi
Annotatsiya
Boshlangʻich ta’limda oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin, mustaqil va tanqidiy fikr yuritishga yoʻnaltiruvchi ta’lim shakli, metod va vositalarning toʻgʻri tanlanishi darslarning qiziqarli, bahs-munozaralarga boy boʻlishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki beradi. Shunday holatdagina oʻquvchilar ta’lim jarayonida tashabbusni oʻz qoʻllariga oladilar, oʻqituvchining vazifasi esa ularning faoliyatini yoʻnaltirib turish, murakkab vaziyatlarda yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, maslahatlar hamda ular faoliyatini baholashdan iborat boʻladi. Mazkur maqola Tarbiya fanini oʻqitish jarayonida oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tahlillar va takliflar haqida so‘z yuritadi.