O‘zbekiston respublikasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarining huquqiy asoslari
Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari tizimi amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, qonunosti hujjatlari va bu borada ilmiy qarashlarini bayon etgan olimlarning fikrlari asosida tahlil qlingan. Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlarini tizimlashtirish zarurati mavjudligi aniqlandi. Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlarini tizimlashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.