Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

"Ecologo-faunistic analysis of deleterious entomofauna of pea agrocoenosis (on the example of northern Fergana)"

Sh.Kh YusupovaNamangan State UniversityИсломжон Илхомжонович ЗокировFergana State University
2023en
ABI

Annotatsiya

Shimoliy Farg‘ona sharoitida no‘xat ekiniga 7 turkum 21 oila 36 avlodga mansub 44 tur hasharotlar zarar keltirishi aniqlandi. Zararli entomofaunada Coleoptera (14 tur, entomofaunadagi turlarning 31,8% ni tashkil etadi), Orthoptera (10 tur – 22,7%), Lepidoptera (8 tur – 18,2 %) turkumlari vakillari umumiy miqdor jihatdan yetakchilik qilsa, Thysanoptera va Diptera turkumlari monotipik xarakterga egaligi bilan ajralib turdi (1 tadan tur – 2,3%). Shuningdek, Homoptera (6 tur – 13,6%) va Hemiptera (4 tur – 9,1%) turkumlari vakillari o‘rtacha ko‘rsatkichni tashkil etadi. Farg‘ona vodiysi faunasida Heliothis peltigera (Denis & Schiffermüller, 1775) va Loxostege sticticalis (Linnaeus, 1761) turlari birinchi marta aniqlandi. Zararli entomofaunada hasharotlar uchrash darajasiga ko‘ra yoppasiga (5 tur – 11,3%) uchrovchi, odatdagi (22 tur – 50%), onda-sonda (9 tur – 20,4%), tasodifiy (8 tur – 18,1%) taqalgan. Hasharotlarning 34 turi polifag va 10 turi oligofaglar bo‘lib, oziqlanish ixtisosligiga ko‘ra ular rizofag, fillofag, golofag, karpofaglik xususiyatini namoyon etadi. Ayrim turlarning oziqlanish ixtisosligi kengdir. Zararkunandalar orasida Lygus pratensis L., Helicoverpa armigera Hbn, Agrotis segetum Den.et Schiff, Sitona cylindricollis Fahr., Callosobruchus maculatus Fabr., Liriomyza cicerina Rond. turlari miqdori va zarar kelitirishiga ko‘ra dominantlik qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba