MODEL OF GENERAL MATHEMATICAL ACTIVITY METHODS FORMING IN STUDENTS
Annotatsiya
Maqola matematika o‘qitishda tezaurusli yondashuvni amalga oshirishning muhim qismi bo‘lgan ta’lim oluvchilarda umummatematik faoliyat usullarini shakllantirish masalasiga qaratilgan. Maktab va oliy ta’limda matematikani o‘qitishda umummatematik faoliyat usullarini tizimli shakllantirish masalasi deyarli o‘rganilgan Umummatematik faoliyat usullari, xususan, bilish usullari (analiz, sintez, abstraktlashtirish, umumlashtirish, konkretlashtirish) shakllantirish yangi tushunchalarni, ularning xossalarini, tushunchalar orasidagi aloqalarni, masalalar yechish usullarini o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. Matematikaning rivojlantiruvchi salohiyatini amalga oshirishga yordam beradi. Shuning uchun bu usullarni matematikadan mashg‘ulotlar o‘tish jarayonida shakllantirish masalasini o‘rganish dolzarbdir. Tadiqiqotning maqsadi matematikani o‘qitish jarayonida umummatematik faoliyat usullarini shakllantirish modelini tavsiflash. Tadqiqotning metodlari: empirik metodlar (maktab va oliy ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni kuzatish, o‘qituvchilar bilan suhbat); umumilmiy metodlardan analiz, sintez, umumlashtirish, konkretlashtirish. Tadqiqot natijalari: umummatematik faoliyat usullarini shakllantirishning to‘rt bosqichli modeli ishlab chiqildi, har bir bosqichning tavsifi berildi. Xulosa. Umummatematik faoliyat usullarini shakllantirish jarayoni quyidagicha bosqichma-bosqich o‘tishi mumkin: usul haqida tushunchani shakllantirish, berilganlarni interpretatsiya qilish (konkret misolda usulni bajarilishi), usulni qo‘llanilishi va yangi sharoitga o‘tkazilishi. Bu modelga mos kelgan holda to‘rtta bosqich ajratildi: tayyorlovchi, o‘rgatuvchi, mustahkamlovchi va amaliy. Shakllantirish jarayonini aqliy faoliyatning maxsus ko‘rinishi bo‘lgan faoliyat usulining ta’rifiga tayangan holda o‘quv xaritasidan foydalanish mumkin.
Hali tarjima qilinmagan